O'ZBEKISTONDA IQTISODIY O'SISHNING KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHDAGI SAMARADORLIGI VA INKLYUZIV O'SISH MASALALARI: TAHLILIY YONDASHUV
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy o'sishning kambag'allikni qisqartirishdagi samaradorligi va elastikligi, o'sish ne'matlarining hududlar va daromad guruhlari o'rtasida taqsimlanishi hamda inklyuziv ("pro-poor") o'sish modelini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2021–2025-yillarda milliy kambag'allik darajasi 17,0 foizdan 5,8 foizga tushib, 3,7 million kishi kambag'allikdan olib chiqilgani, o'sishning kambag'allikni qisqartirish elastikligi (8,30 dollar, 2021 PPP mezonida) esa 3,3 dan 5,6 gacha oshgani ko'rib chiqiladi. Maqolada daromadlar bo'yicha hududiy divergensiya va kambag'allik bo'yicha konvergensiya jarayonlari qiyosiy yoritiladi, shuningdek o'sishning kambag'allikka uzatilish kanallari — bandlik, ijtimoiy transfertlar va mehnat migratsiyasi tahlil qilinadi. Alohida e'tibor inklyuziv o'sishni ta'minlovchi omillar — inson kapitali, infratuzilma, manzilli ijtimoiy himoya va mahsuldor bandlikka qaratiladi. Tadqiqot uchun kontent-tahlil, qiyosiy-tahliliy va tavsifiy statistik metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy o'sishning kambag'allikni qisqartirishdagi samaradorligi faqat uning sur'atiga emas, balki sifatiga, ya'ni bandlik, inson kapitali, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimining uyg'un ta'siriga bog'liqdir.
Authors
- Shuxrat og'li Shuxratov Suxrob
- Axralovna Shakirova Nigora
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-03
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23120544
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00