GENERATIV SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH ASOSIDA MATEMATIKA MASALALARINI YECHISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mazkur maqolada generativ sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish asosida matematika masalalarini yechish ko'nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va metodik asoslari yoritilgan. Matematika ta'limida ChatGPT kabi generativ sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali o'quvchilarning masala shartini tahlil qilish, matematik model tuzish, yechim strategiyasini tanlash, hisoblash natijalarini tekshirish va mustaqil xulosa chiqarish ko'nikmalarini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, sun'iy intellektdan foydalanishga asoslangan topshiriqlar tizimi, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining o'zaro aloqasi hamda mazkur texnologiyalardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan metodik muammolar tahlil qilingan.
Authors
- Surat o'g'li Po'lotov Suxrob
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-03
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23124774
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00