BALIQLARDA STRESSLARNI OLDINI OLISH USULLARI
Ushbu maqolada baliqlarda stress holatining kelib chiqish sabablari, stress omillarining baliq organizmiga ta'siri hamda stressni oldini olishning zamonaviy va samarali usullari yoritilgan. Baliqlar tashqi muhit sharoitlariga juda sezgir bo'lib, suv harorati, suvning kimyoviy tarkibi, kislorod miqdori, pH ko'rsatkichi, oziqlanish, saqlash zichligi, tashish, mexanik ta'sirlar va boshqa omillar ularning fiziologik holatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Uzoq davom etuvchi yoki kuchli stress baliqlarning tabiiy himoya mexanizmlarini susaytirib, o'sish va rivojlanishning sekinlashishiga, oziqa iste'molining kamayishiga, kasalliklarga moyillikning oshishiga va mahsuldorlikning pasayishiga sabab bo'lishi mumkin. Maqolada baliqchilik xo'jaliklarida suv sifatini nazorat qilish, optimal mikroiqlim va zoogigiyenik sharoitlarni yaratish, to'g'ri oziqlantirish, saqlash zichligini me'yorlashtirish, baliqlarni tashish va ko'chirishda ehtiyot choralariga rioya qilish hamda profilaktik tadbirlarni muntazam olib borishning ahamiyati ko'rsatib berilgan.
Authors
- S. Raxmatova
- S Qosimov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-03
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23120405
- Primary Topic
- Aquaculture disease management and microbiota
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00