BOSHLANG'ICH TA'LIMDA LEKSIKOLOGIYA BO'LIMINI INTERFAOL USULLARDA O'RGANISH
Mazkur maqolada boshlang'ich ta'limda leksikologiya bo'limini interfaol metodlar asosida o'rganishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining lug'at boyligini oshirish, so'zlarning lug'aviy ma'nosini anglash, ko'p ma'noli so'zlarni farqlash, ma'nodosh va qarama-qarshi ma'noli so'zlarni aniqlash, so'zlarni nutqiy vaziyatga mos holda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, leksikologik bilimlarni o'zlashtirish jarayonida "Aqliy hujum", "Klaster", "Venn diagrammasi", "Sinkveyn", "So'z top", "Kim ko'p so'z biladi?" kabi interfaol metod va didaktik o'yinlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Interfaol ta'lim o'quvchini tayyor bilimni qabul qiluvchi emas, balki o'quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishi, mustaqil fikrlash, muloqot qilish va o'z fikrini asoslash ko'nikmalarini rivojlantirishi bilan ahamiyatlidir.
Authors
- Abdusaitovna Ernazarova Laylo
- Baxrom qizi Jumanova Sevinch
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-03
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23120436
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00