INTELLEKTIDA NUQSONI BO'LGAN O'QUVCHILARDA GEOMETRIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO ALOQADORLIK
Ushbu tezis intellektida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarda geometrik tasavvurlarni shakllantirishda fanlararo aloqadorlikning samaradorligini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot davomida eksperimental va nazorat guruhlarida maxsus pedagogik metodika qo'llanilgan bo'lib, bunda geometrik tushunchalar mehnat ta'limi, tabiatshunoslik va kundalik hayot bilan integratsiyalashgan. O'tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari fanlararo yondashuvning o'quvchilarning geometrik shakllarni tanish, fazoviy tasavvur va oddiy geometrik amallarni bajarish ko'nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaganini ko'rsatdi. Olingan natijalar maxsus ta'lim tizimida fanlararo aloqadorlikni faol qo'llash orqali intellektida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarning kognitiv rivojlanishini optimallashtirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Authors
- Nozima Raximova Xamroqul qizi
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-29
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23040152
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00