ENDOKRIN BUZILISHLARNING REPRODUKTIV SALOMATLIKKA TA'SIRI:GORMANAL MUVOZANATNING KLINIK AHAMIYATI
Endokrin tizim inson organizmining o'sishi, rivojlanishi, moddalar almashinuvi va reproduktiv funksiyalarni boshqaruvchi murakkab gormanal tizimdir. Gormanal muvozanatning buzilishi ayollar va erkaklarda reproduktiv salomatlikka sezilarli ta'sir ko'rsatishi, ovulyatsiya va spermatogenezning buzilishi, hayz siklining o'zgarishi, bepushtlik hamda homiladorlik bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, reproduktiv yoshdagi insonlarning taxminan har olti nafardan biri hayoti davomida bepushtlik muammosiga duch keladi. Endokrin sabablar ayollarda polikistoz tuxumdon sindromi, qalqonsimon bez disfunksiyasi va gipofiz-gipotalamus tizimidagi buzilishlar bilan, erkaklarda esa testosteron va boshqa reproduktiv garmonlar muvozanatining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ushbu maqolada endokrin tizim va reproduktiv salomatlik o'rtasidagi fiziologik bog'liqlik, asosiy gormonal buzilishlarning reproduktiv funksiyaga ta'siri, atrof-muhitdagi endokrin buzuvchi kimyoviy moddalar va zamonaviy profilaktika hamda diagnostika yondashuvlari tahlil qilinadi.
Authors
- Dilnavo Murotaliyeva Sherali qizi
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-29
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23031695
- Primary Topic
- Reproductive biology and impacts on aquatic species
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00