MINTAQAVIY PAXTA-TO'QIMACHILIK KLASTERLARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH (Qashqadaryo viloyati misolida)
Oʻzbekiston Respublikasi hududiy iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatidir. Bozor o'zgarishidan so'ng ushbu sanoat kapital aylanmasining yuqoriligi, resurs salohiyatidan samarali foydalanish va zarur mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga milliy iqtisodiyotning bozor sharoitlariga eng moslashgan tarmoqlaridan biriga aylandi. Aholining sifatli va zamonaviy kiyim-kechak hamda poyabzalga bo'lgan ehtiyoji ushbu tarmoq rivojiga turtki bermoqda. O'zbekistonning aksariyat hududlari uchun to'qimachilik va tikuvchilik sanoati bandlikni oshirish, hududlarni barqaror rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirish, davlat va mahalliy budjetlar daromadlarini ko'paytirish hamda mamlakatning tashqi bozorlardagi mavqeini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Authors
- Sirojiddin Normurodovich Sultonov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-28
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23011873
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00