"TURLI TIZIMLI TILLARDA DIALEKTIZMLARNING SEMANTIK-STRUKTURAVIY TADQIQI(O'ZBEK, RUS VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA)"
Mazkur maqolada turli tizimli tillar, xususan, o'zbek, rus va ingliz tillaridagi dialektizmlarning semantik va strukturaviy xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda dialektizm tushunchasining nazariy mazmuni, dialektizmlarning shakllanish omillari, semantik guruhlari, strukturaviy modellari hamda ularning adabiy til bilan munosabati yoritiladi. Shuningdek, uch tilga xos dialekt birliklarning milliy-madaniy mazmuni, hududiy xususiyatlari va badiiy nutqdagi funksional imkoniyatlari tahlil qilinadi. O'zbek, rus va ingliz tillari turli til oilalari va tipologik tizimlarga mansubligi sababli dialektizmlarning strukturaviy shakllanishida ham o'ziga xos farqlar mavjudligi ko'rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari dialektizmlar nafaqat hududiy til xususiyatlarini ifodalovchi birliklar, balki xalqning tarixiy tajribasi, turmush tarzi, urf-odatlari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlovchi muhim lingvistik vosita ekanligini ko'rsatadi.
Authors
- Shakhnoza Adxamjon qizi Otajonov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-28
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23011713
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00