QATAG'ON QURBONLARINING HAYOTI VA FAOLIYATI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY TAFAKKUR VA MA'NAVIY MEROS
Mazkur maqolada XX asrning birinchi yarmida O'zbekistonda yuz bergan siyosiy qatag'onlar, ularning shakllanish va kuchayish jarayonlari hamda milliy ziyolilar hayoti va faoliyatiga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda qatag'on siyosatining siyosiy-mafkuraviy asoslari, 1930-yillardagi ommaviy repressiyalar mexanizmi, milliy ziyolilarning ta'qib qilinishi va mazkur jarayonning ilm-fan, adabiyot, ta'lim hamda madaniy hayotga ta'siri tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon va Usmon Nosir kabi ijodkor va ziyolilarning ilmiy-adabiy faoliyati hamda ularning siyosiy qatag'on qurboni sifatidagi taqdiri alohida tahlil qilinadi. Shuningdek, qatag'on siyosatining jamiyatning intellektual va ma'naviy rivojiga ta'siri hamda mustaqillik davrida qatag'on qurbonlari nomi va merosining tiklanishi masalalariga e'tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari qatag'onlar tarixini o'rganishda shaxsiy taqdir, siyosiy jarayon va milliy madaniy merosni o'zaro bog'liq holda tadqiq etish zarurligini ko'rsatadi.
Authors
- Mexribonu Sherali qizi Bobonazarova
- Akmal Xushmuratovic Aliqulov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-25
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22954918
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00