O'ZBEKISTONDA YASHIL MOLIYA TIZIMINI XALQARO STANDARTLAR (EU TAXONOMY VA CBI) DARAJASIGA MOSLASHTIRISHNING STATISTIK-TAHLILIY SHART-SHAROITLARI VA PERSPEKTIVALARI
Ushbu tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasida yashil moliya bozori hamda iqlimiy investitsiyalar infratuzilmasining hozirgi holati, uning Yevropa Ittifoqi Taksonomiyasi (EU Taxonomy) va Iqlim Obligatsiyalari Tashabbusi (Climate Bonds Initiative — CBI) mezonlariga moslik darajasi statistik va ekonometrik usullar yordamida baholanadi. Tadqiqotda tarmoqlar bo'yicha ma'lumotlar bo'shlig'i (Data Gap Analysis) aniqlanib, milliy ko'rsatkichlarning xalqaro standartlardan orqada qolish sabablari tahlil qilingan. Shuningdek, respublikaga jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, ADB, EBRD) mablag'lari va yashil sertifikatlar dinamikasi o'rganilgan. Yakunda ESG-hisobdorlik hamda milliy va xalqaro indikatorlarni bir-biriga muvofiqlashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
Authors
- Shakirova Nigora
- Dilso'z Baxriddin qizi Tuxtamurodova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-25
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22950547
- Primary Topic
- Economic and Industrial Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00