AHOLINING BANK XIZMATLARIDAN FOYDALANISH DARAJASI: STATISTIK TAHLIL
Ushbu maqolada O'zbekiston aholisining bank xizmatlaridan foydalanish darajasi 2023-2026-yillardagi statistik ko'rsatkichlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda Markaziy bank ma'lumotlari, Jahon bankining Global Findex 2025 bazasi hamda 2025-yil uchun e'lon qilingan Milliy moliyaviy inklyuziya indekslari o'zaro solishtirildi. Dinamik qatorlar, nisbiy va o'rtacha ko'rsatkichlar hamda tarkibiy tahlil usullaridan foydalanildi. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, muomaladagi bank kartalari soni 2023-yil boshidagi 34,2 milliondan 2026-yil boshida 68,27 milliongacha o'sgan, biroq zanjirli o'sish sur'ati 135,1 foizdan 110,1 foizgacha sekinlashgan. Hisob raqamiga ega kattalar ulushi Global Findex bo'yicha 60 foiz, Markaziy bankning ma'muriy ma'lumotlari bo'yicha esa 86 foizni tashkil etadi. Bankda jamg'aradigan kattalar ulushi atigi 10 foiz bo'lib, bu foydalanish chuqurligi qamrovdan ortda qolayotganini bildiradi. Maqola oxirida aholining omonat va kredit xizmatlaridan foydalanishini kengaytirish bo'yicha takliflar berilgan.
Authors
- Nigora Axralovna Shakirova
- Dilorom Abdumuxtorova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-24
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22944616
- Primary Topic
- Economic and Industrial Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00