ADVOKATNING PROFESSIONAL JAVOBGARLIGINI SUG'URTALASH INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Mazkur maqolada advokatlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan professional xavflar, advokat tomonidan ishonch bildiruvchiga yetkazilgan zararni qoplashning huquqiy mexanizmlari hamda advokatning professional javobgarligini sug'urtalash institutini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Advokatning professional javobgarligini sug'urtalashning huquqiy tabiati, uning advokat, ishonch bildiruvchi shaxs va sug'urta tashkiloti o'rtasidagi munosabatlardagi o'rni, sug'urta hodisasini aniqlash mezonlari hamda sug'urta qoplamasining huquqiy chegaralari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda advokatlarning professional javobgarligini sug'urtalash amaliyoti tahlil qilinib, mazkur institutni O'zbekiston Respublikasining advokatura tizimida rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy yo'nalishlari yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
Authors
- Rashidjon qizi Aliyeva Farangiz
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-21
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22876835
- Primary Topic
- Law, AI, and Intellectual Property
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00