SUTNI QAYTA ISHLASH TIZIMIDAGI MODDA ALMASHINISH QURILMALARI GIDRODINAMIK OQIM STRUKTURALARINI TADQIQ QILISH
Sutni qayta ishlashga mo'ljallangan massa almashinuvi qurilmalarida gidrodinamik oqim strukturasini tadqiq qilishda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati tahlil qilingan. Sut mahsulotlarini konsentrlash, bug'latish, quritish va boshqa texnologik jarayonlarda suyuqlik hamda gaz oqimlarining harakat xususiyatlari mahsulot sifati, qurilma unumdorligi va energiya sarfiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Zamonaviy hisoblash gidrodinamikasi (CFD), raqamli modellashtirish, avtomatlashtirilgan nazorat-o'lchov tizimlari, sensorlar va raqamli monitoring vositalari yordamida qurilma ichidagi oqim tezligi, bosim, turbulentlik, harorat va massa almashinuvi jarayonlarini batafsil o'rganish mumkin. Mazkur texnologiyalar qurilmalarning konstruktiv parametrlarini optimallashtirish, energiya tejamkorligini oshirish hamda sut mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.
Authors
- Dilnoza Farmonovna Barakayeva
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-19
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22849274
- Primary Topic
- Engineering and Agricultural Innovations
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00