OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH JARAYONLARINI AMALGA OSHIRUVCHI QURILMALAR GIDRODINAMIK OQIM STRUKTURALARINI TADQIQ QILISH
Ushbu tezisda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llaniladigan issiqlik va massa almashinish apparatlarining ishlash samaradorligini oshirish masalalari ko'rib chiqilgan. Texnologik jarayonlarda issiqlik uzatish, namlikni bug'latish, quritish jarayonlari mahsulot sifatiga hamda energiya sarfiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Qurilmalarda suyuqlik va gaz oqimlarining gidrodinamik holatini boshqarish, issiqlik almashinish yuzasidan samarali foydalanish hamda jarayon parametrlarini optimallashtirish orqali texnologik samaradorlikni oshirish mumkin. Tadqiqotda matematik modellashtirish, kompyuterli modellashtirish texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari tahlil qilingan. Taklif etilayotgan yondashuv oziq-ovqat sanoatida energiya tejamkor va yuqori samarali apparatlarni ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Authors
- Dilnoza Farmonovna Barakayeva
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-19
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22849113
- Primary Topic
- Engineering and Agricultural Innovations
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00