XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA BUXORO AMIRLIGINING SIYOSIY HAYOTI
Mazkur maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligining siyosiy hayoti, davlat boshqaruvi tizimi, amir hokimiyatining xususiyatlari, saroy va ma'muriy boshqaruv organlarining faoliyati, ichki siyosiy jarayonlar hamda Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga nisbatan siyosiy va harbiy bosimi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. XIX asrning ikkinchi yarmi Buxoro amirligi tarixida murakkab va ziddiyatli davr bo'lib, mazkur davrda ichki siyosiy boshqaruvning an'anaviy shakllari saqlanib qolgan bir vaqtda, tashqi siyosiy muhit keskin o'zgardi. Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoni bosib olish siyosati Buxoro amirligining siyosiy mustaqilligiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. 1860–1870-yillardagi harbiy to'qnashuvlar, 1868 yilgi Zirabuloq jangi va keyinchalik tuzilgan Rossiya–Buxoro shartnomalari natijasida amirlikning tashqi siyosiy imkoniyatlari cheklandi. Shuningdek, maqolada Amir Muzaffar hukmronligi davridagi siyosiy jarayonlar, ichki muxolifat, viloyatlar ustidan markaziy hokimiyat nazoratining muammolari va amirlikning Rossiya imperiyasiga qaramligining kuchayishi yoritiladi.
Authors
- Roxila Nortojiyevna Ismoilova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-14
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22744183
- Primary Topic
- Medical, Sociocultural, and Biopolitical Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00