BUXORO VA ROSSIYA O'RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR
Mazkur maqolada Buxoro amirligi va Rossiya o'rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi, ularning siyosiy, iqtisodiy va harbiy-strategik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro–Rossiya munosabatlarining yangi bosqichga ko'tarilishi, Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyodagi siyosiy va harbiy ekspansiyasi, Buxoro amirligining diplomatik strategiyasi hamda siyosiy-diplomatik jarayonlarga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, Rossiyaning Buxoro bilan savdo va diplomatik aloqalarni rivojlantirish orqali o'zining Markaziy Osiyodagi ta'sirini kuchaytirishi, diplomatik muzokaralar bilan bir qatorda harbiy bosimdan foydalanishi yoritiladi. 1868 yilgi harbiy voqealardan keyin tuzilgan kelishuvlar natijasida Buxoro amirligining tashqi siyosiy mustaqilligi jiddiy cheklangani, biroq ichki boshqaruv tizimi saqlanib qolgani ko'rsatiladi. Maqolada Buxoro–Rossiya diplomatik munosabatlarining tarixiy ahamiyati ikki davlat o'rtasidagi aloqalar doirasidan kengroq bo'lib, XIX asrda Markaziy Osiyoning geosiyosiy o'zgarishlari bilan uzviy bog'liq ekanligi asoslanadi.
Authors
- Roxila Nortojiyevna Ismoilova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-14
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22744121
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00