SO'Х TUMANI AGROTSЕNOZLARI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLARI DOMINANTLIK KO'RSATKICHLARINIG EKOLOGIK TAHLILI VA AHAMIYATI
Ushbu tezisda agrotsenozlarda uchraydigan tangachaqanotli hasharotlarning (Insecta: Lepidoptera) dominantlik ko'rsatkichlari ekologik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida agroekotizimlarda tarqalgan tangachaqanotli hasharotlarning tur tarkibi, uchrash chastotasi, son zichligi hamda dominantlik darajasi o'rganilgan. Turlar dominantlik darajasiga ko'ra asosiy ekologik guruhlarga ajratilib, ularning agrotsenozlardagi o'rni va qishloq xo'jaligi ekinlariga ta'siri baholangan. Dominant va subdominant turlarni aniqlash orqali agrotsenozlarning ekologik holati, hasharotlar jamoasining tuzilishi hamda trofik munosabatlari haqida xulosa chiqarish imkoniyati ko'rsatib berilgan. Olingan natijalar tangachaqanotli hasharotlarning ayrim turlari agrotsenozlarda yuqori son ko'rsatkichlariga ega bo'lib, ekinlarning vegetativ va generativ organlariga sezilarli zarar yetkazishini ko'rsatadi. Shu bilan birga, dominantlik ko'rsatkichlari agrotsenozlardagi entomofaunaning shakllanishi, zararkunanda turlar populyatsiyasi dinamikasini baholash va ularni ekologik jihatdan monitoring qilishda muhim indikator sifatida xizmat qilishi mumkin. Tadqiqot natijalari qishloq xo'jaligi ekinlarini biologik himoya qilish, zararkunanda turlarining ko'payishini oldindan baholash va ekologik barqaror agroekotizimlarni shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.
Authors
- Goibjon Avazzoda Abdullojonov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-14
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22747660
- Primary Topic
- Insect Pheromone Research and Control
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00