CHEGARALANMAGAN VA YARIM CHEGARALANGAN SOHALARDA BERILGAN TOR TEBRANISH TENGLAMALARI UCHUN QO'YILGAN MASALALARNING GEOMETRIK TALQINI
Mazkur maqolada chegaralanmagan va yarim chegaralangan sohalarda tor tebranish jarayonini ifodalovchi ikkinchi tartibli giperbolik tenglama uchun qo'yiladigan masalalarning geometrik talqini o'rganilgan. Tor tebranishining matematik modeli, boshlang'ich va chegaraviy shartlarning mazmuni hamda ularning fazo-vaqt tekisligidagi ifodasi tahlil qilingan. Xarakteristikalar yordamida tebranishning tarqalish yo'nalishi, chekli ta'sir tezligi va yechimning ma'lum bir nuqtadagi qiymatiga ta'sir etuvchi boshlang'ich ma'lumotlar sohasi aniqlangan. Yarim chegaralangan sohada chegaraning mavjudligi to'lqinlarning qaytishi va aks etishiga sabab bo'lishi geometrik jihatdan izohlangan. Dirixle va Neyman tipidagi chegaraviy shartlarning fizik mazmuni hamda ularni juft va toq davom ettirish orqali ifodalash imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari tor tebranish tenglamalarini geometrik nuqtayi nazardan o'rganish masalaning fizik mohiyatini, yechimning shakllanish mexanizmini va chegaraning ta'sirini yaxshiroq tushunishga xizmat qilishini ko'rsatadi.
Authors
- Dilora Zaripovna Xayriyeva
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-12
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22724199
- Primary Topic
- Engineering and Agricultural Innovations
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00