O'ZBEKISTON TARIXIDA TABIAT VA INSON MUNOSABATLARINING TARIXIY TRANSFORMATSIYASI: EKOLOGIK ONGNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Mazkur maqolada O'zbekiston hududida tabiat va inson munosabatlarining qadimgi davrlardan bugungi kungacha bosib o'tgan tarixiy transformatsiyasi hamda shu jarayonda ekologik ongning shakllanishi va rivojlanishi tahlil qilingan. Tadqiqotda mintaqa tarixi shartli ravishda besh bosqichga — qadimgi sug'orma dehqonchilik madaniyati, o'rta asrlardagi ilmiy-ma'naviy meros, mustamlakachilik davri, sovet davridagi ekstensiv tabiatdan foydalanish va mustaqillik yillaridagi ekologik siyosat bosqichlariga ajratib o'rganilgan. Har bir bosqichda tabiatga munosabatning mazmuni, uni belgilab bergan iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy omillar, shuningdek, ekologik ongning tarkib topishiga ta'sir ko'rsatgan tarixiy tajriba ochib berilgan. Orol fojiasi misolida tabiatga bir tomonlama iste'molchilik munosabatining oqibatlari, mustaqillik yillarida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va "Yashil makon" kabi umummilliy loyihalar misolida esa ekologik ongning sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilishi asoslangan.
Authors
- Manzura Asatovna Аxmedova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-11
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22707153
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00