O'ZBEK MEDIADISKURSIDA IJTIMOIY MASOFANI IFODALOVCHI LINGVOMADANIY MARKERLAR
Mazkur tezisda o'zbek mediadiskursida kommunikantlar o'rtasidagi ijtimoiy masofani yuzaga chiqaruvchi va boshqaruvchi lingvomadaniy markerlar pragmalingvistik hamda lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ijtimoiy masofa media matnida faqat mavqega oid munosabat sifatida emas, balki murojaat shakllari, olmoshlar, titul va qarindoshlik nomlari, nutqiy etiket birliklari, modal hamda baholovchi vositalar orqali kodlanadigan kommunikativ kategoriya sifatida talqin etiladi. O'zbek mediadiskursining milliy-madaniy tabiati, xususan, hurmat, ijtimoiy maqom, yosh va yaqinlikni til vositalari orqali farqlash an'anasi ijtimoiy masofaning verbal ifodasida muhim omil ekani asoslanadi.
Authors
- Muborakxon Abduborik qizi Dilbarjonova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-10
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22685310
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00