ALISHER NAVOIY ILMIY MEROSIDA FARZAND TARBIYASI AN'ANALARINING AKS ETISHI
Maqolada Alisher Navoiy ilmiy merosidagi oila, nikoh, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlik, tarbiya, ayolning oiladagi o'rni, nasab davomiyligi hamda o'zaro yordamga doir qarashlar XV asr Movarounnahr va Xurosonining tarixiy-ijtimoiy muhiti bilan bog'liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiylik, xolislik va tizimlilik tamoyillari, qiyosiy-tarixiy va tarixiy-genetik usullar hamda tashqi va ichki manba tanqididan foydalanildi. Navoiy asarlarining tarixiy dalillik darajasi ularning janriy xususiyatlariga ko'ra farqlanishi asoslandi. Badiiy-didaktik asarlar oilaviy munosabatlarning me'yoriy idealini, "Mahbub ul-qulub" ijtimoiy-axloqiy me'yorlarni, "Munshaot", "Vaqfiya", tazkira va tarixiy asarlar esa ijtimoiy aloqalarning amaliy va tarixiy qatlamlarini yoritishi ko'rsatildi. Navoiy merosini oila tarixida o'rganish uchun "janr – tarixiy kontekst – manba tanqidi – qiyosiy dalil" modeli taklif etildi.
Authors
- Feruza Ankaboy qizi Urolova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-09-06
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22472733
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00