MARKAZIY OSIYODA YANGI REGIONALIZM TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI
Maqolada Markaziy Osiyoda so'nggi yillarda shakllangan hamkorlik modeli yangi regionalizm nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor 2017-yildan keyingi siyosiy muloqot, davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, savdo va investitsiya aloqalari, chegara masalalarining hal etilishi, transport bog'liqligi, suv-energetika hamkorligi hamda "Markaziy Osiyo+" formatlariga qaratiladi. Markaziy Osiyo davlatlari suverenitetni saqlagan holda muntazam maslahatlashuv, konsensus, ikki tomonlama kelishuvlar va muayyan sohalardagi amaliy loyihalarni birlashtirayotgan o'ziga xos modelni shakllantirish bilan birga mintaqa ichidagi savdo, investitsiya va iqtisodiy bog'liqlikning sezilarli oshishi kuzatilmoqda. Maqolada mintaqaviy hamkorlikning rivojlanishi, hamkorlikning institutsional asoslari, xalqaro munosabatlarda mintaqaning tutgan o'rni hamda geosiyosiy o'zgarishlarga nisbatan mintaqaning javob reflekslari o'zaro bog'liq holda tahlil qilinadi.
Authors
- Sardor Mamatqulov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-08-24
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.22081731
- Primary Topic
- Economic and Industrial Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00