XITOY TILIDAGI 才 (cái) VA 就 (jiù) NING INKOR GAPLARDAGI PRAGMATIK-FUNKSIONAL FARQLARI
Maqolada xitoy tilidagi 才 (cái) va 就 (jiù) funksional elementlarining inkor gaplardagi pragmatik-funksional farqlari tahlil qilinadi. Inkor koʻrsatkichlari 不 va 没 bilan birikkanda bu elementlar bir-biridan keskin farq qiladi: 就 inkori soʻzlovchining iroda-qat'iyatini (tashqi bosimga qaramay «baribir qilmayman»), 才 inkori esa suhbatdoshning taxminini qat'iy rad etishni («siz oʻylaganingizdek emas») ifodalaydi. Tadqiqotda bu farq inkor koʻlami, presuppozitsiya manbayi, dialogik yoʻnalish va metalingvistik inkor tushunchalari asosida ochib beriladi. Tahlil Horn inkor nazariyasi va Levinson pragmatikasiga tayanadi. Xulosalar oʻzbek tiliga tarjima masalalari bilan bogʻlanadi.
Authors
- Bobonorov Abdurauf Abdumuminovich
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-07-17
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.21404198
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00