"KO'RAKLAR" KOLLEKTORINI REKONSTRUKSIYA QILISHNING SUG'ORILADIGAN YERLAR MELIORATIV HOLATIGA TA'SIRI (Shovot tumani Guliston hududi misolida)
Maqolada Xorazm viloyati Shovot tumani Guliston hududida joylashgan “Ko‘raklar” kollektorini rekonstruksiya qilish va tizimli ta’mirlash-tiklash tadbirlarining sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot dissertatsiya ishida olingan dala kuzatuvlari, kuzatuv quduqlari ma’lumotlari, kollektor suvlari mineralizatsiyasi, tuproqning 0-100 sm qatlamidagi tuz rejimi hamda “Qodir Pirmat” fermer xo‘jaligi hosildorlik ko‘rsatkichlariga tayangan holda bajarildi. Natijalar 2025-yilda yer osti sizot suvlari o‘rtacha yillik joylashish sathi 2024-yilga nisbatan 11 sm, sug‘orish davrida esa 18 sm chuqurlashganini ko‘rsatdi. Sizot suvlar hajmi 15,35 mln m³ dan 14,52 mln m³ gacha kamaygan, sizot suvdagi quruq qoldiq 2,79 g/l dan 2,69 g/l gacha, xlor ioni esa 0,56 g/l dan 0,54 g/l gacha pasaygan. Tuproq profili bo‘yicha xlor ioni 10,3 %, quruq qoldiq 15,6 % kamaygan. Hosildorlikda paxta bo‘yicha 2,8 s/ga, g‘alla bo‘yicha 3,8 s/ga o‘sish qayd etilgan. Olingan natijalar kollektor tarmoqlarini rekonstruksiya qilish meliorativ barqarorlikni ta’minlashda, suv-tuz rejimini boshqarishda va sug‘oriladigan maydonlar mahsuldorligini oshirishda muhim omil ekanligini tasdiqlaydi.
Authors
- Bekmetov Inomjon O'ktam o'g'li
- Bekmirzayev Gʻulom
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-05-12
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.20146091
- Primary Topic
- Engineering and Agricultural Innovations
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00