XIZMAT KOʻRSATUVCHI BO'LIMLAR XARAJATLARINI TAQSIMLASH USULLARI
Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar xarajatlarini ishlab chiqarish va asosiy faoliyat bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlash usullari iqtisodiy hamda boshqaruv nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda korxonalarda yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar xarajatlarini hisobga olishning amaliy muammolari, ayniqsa xarajatlarni adolatli va iqtisodiy mazmunga mos ravishda taqsimlash masalalari yoritilgan. Bevosita, bosqichma-bosqich hamda o‘zaro xizmatlarni hisobga oluvchi taqsimlash usullarining mazmuni, afzalliklari va cheklovlari solishtirma tarzda ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, xarajatlarni noto‘g‘ri taqsimlash mahsulot tannarxi, moliyaviy natija va boshqaruv qarorlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda izohlangan. Maqolada zamonaviy boshqaruv hisobi talablari asosida xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar xarajatlarini optimallashtirish va korxona resurslaridan samarali foydalanishga oid takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida xarajatlar hisobini takomillashtirish hamda tannarxni aniq shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Authors
- Nishonov Murodjon
- Toshimov Azizbek Hakimovich
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-05-09
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.20098300
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00