TANNARX HISOBINING ME'YORIY-HUQUQIY ASOSLARI HAMDA UNING BOSHQARUV QARORLARI UCHUN AXBOROT MANBAI SIFATIDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada tannarx hisobining me’yoriy-huquqiy asoslari, ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi o‘rni hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonidagi axborot ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tannarxni shakllantirish va hisobga olishning amaldagi normativ hujjatlar asosidagi tartibi yoritilib, xarajatlarni to‘g‘ri tasniflash va kalkulyatsiya qilishning korxona samaradorligiga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, tannarx hisobi ma’lumotlaridan ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish, resurslardan oqilona foydalanish, foydalilik darajasini aniqlash hamda strategik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot davomida tannarx hisobini tashkil etishda milliy me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zarurati hamda boshqaruv hisobi bilan integratsiyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola yakunida tannarx hisobi axborotlarining ishonchliligini oshirish va ularning boshqaruv samaradorligidagi ahamiyatini kuchaytirishga oid ilmiy xulosalar hamda amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Authors
- Toshimov Azizbek Hakimovich
- D.O'.Oltmishov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-05-09
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.20098222
- Primary Topic
- Medical, Sociocultural, and Biopolitical Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00