O‘ZBEK TILIDA UNLILAR UYG‘UNLIGI VA UNING KO‘RINISHLARI
Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar tizimi va unlilar uyg‘unligining (singarmonizmning) mavjudlik darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy adabiy til materiali sheva ma’lumotlari hamda tarixiy manbalar bilan qiyosiy asosda ko‘rib chiqiladi. Xususan, chig‘atoy tilining dastlabki davrlaridagi fonologik tizim hamda keyingi bosqichlarda olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida unlilar moslashuvining amal qilish shakllari yoritiladi. Maqolada yozuv islohotlari, grafik tizimdagi o‘zgarishlar va ularning singarmonizm ifodasiga ta’siri ham nazariy jihatdan baholanadi. Shuningdek, adabiy norma bilan jonli nutq o‘rtasidagi tafovutlar tahlil qilinib, ayrim shahar shevalarida moslashuvning zaiflashgani, biroq ko‘plab shevalarda saqlanib qolganligi ko‘rsatib beriladi. Natijada, unlilar uyg‘unligi o‘zbek tilining tarixiy-fonologik asoslaridan biri ekani hamda u to‘liq yo‘qolmagan, balki funksional doirasi toraygan hodisa sifatida mavjudligi ilmiy dalillar asosida asoslanadi. Kalit so‘zlar:
Authors
- Feada Mohammad Samadbek
- Abdul Fatah Rasooly
Institutions
- Wockhardt (United States) (US)
- Takhar University (AF)
Publication Details
- Journal
- Akademik Tarih ve Dusunce Dergisi
- Published
- 2026-02-25
- DOI
- https://doi.org/10.46868/atdd.2026.1047
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00