ZAMONDAN OSHGAN SHE'RIYAT: ALISHER NAVOIY VA TAZKIRA SAHIFALARIDA ABADIYAT

Maqsud Shayxzodaning “Tazkirachilik tarixidan (Alisher Navoiyning ozarbayjonlik tazkira yozuvchisi shogirdi haqida)” nomli asari Almaz Ulvi Binnatova tarjimasida ozarbayjon tilida chop etilgan [1]. Ushbu tadqiqotda Alisher Navoiyning adabiy dahosi, tazkirachilik an’analaridagi o‘rni, uning ijodining miqyosi va davrida erishgan obro‘sini yoritishga qaratilgan. Navoiy nafaqat lirik, balki epik ijodi bilan ham hali tirikligida mashhurlikka erishgan bo‘lib, bu shuhrat faqat Turkiston bilan cheklanmay, Hijoz, Nishapur, Isfahon kabi shaharlargacha yoyilgan edi. Ushbu asarda tadqiqotchi muallif Maqsud Shayxzoda Abulfaraj Ali ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn Ahmad al-Qurashiy al-Isfahoniy (897–967) tomonidan tuzilgan “Kitab al-Aghoni” (“Qo‘shiqlar majmuasi”), Abu Mansur as-Saolibiy (961–1038)ning “Yatimat ad-dahr” (“Zamonaning durdonasi”), Ahmad ibn Umar ibn Ali Nizomiy Arouziy Samarqandiy (asl ismi: Nizomiy Arouziy Samarqandiy) (1110–1161)ning “Chahor maqola” (“To‘rt suhbat”), Nuriddin Muhammad Awfiy (1171–1233)ning “Lubab al-albab” (“Ko‘ngillarning mag‘zi”), Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-awliyo”, Navoiy zamondoshi Davlatshoh ibn Alauddavla Samarqandiy (1438–1491)ning “Tazkirat ush-shuaro”, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” va “Bahoriston” (asarining yettinchi bo‘limi – “gulshani” – shoirlarga bag‘ishlangan), Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tgach, muallif asosiy maqsadiga o‘tadi. Maqsud Shayxzoda ushbu tadqiqotida Alisher Navoiy tazkira maktabining davomchisi hisoblangan ozarbayjonlik shogirdi – adib Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) asari misolida Sharq klassik tazkira an’anasi haqida so‘z yuritadi. Muallif ta’kidlaydiki, tazkiralar nafaqat adabiy ma’lumotlar to‘plami, balki davr she’riyatini tizimlashtirish va uni kelajak avlodlarga yetkazish nuqtayi nazaridan muhim manbadir. U tazkiralarning tuzilish tamoyillari va bo‘limlarini, ularning yozilish sabablarini hamda ularning tizimli xususiyatlarini sharhlab beradi. Maqsud Shayxzoda Navoiy ta’sirining faqat o‘z davri bilan cheklanmaganini, balki umumturkiy adabiyot taraqqiyotida ulkan bir bosqich bo‘lganini umumlashtiradi. U bu ta’sirning Ozarbayjon adabiyotida Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) misolida qanday namoyon bo‘lganini tahlil qilib, Navoiy maktabining umumturkiy adabiy an’anadagi o‘rnini mustahkamlaydi.

Publication Details

Journal
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Published
2025-10-13
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.17339770
Primary Topic
Mechanical Behavior of Composites
Type
article
Field-Weighted Citation Impact
0.00
Controls
|||
ALL TIME
JAN
FEB
MAR
APR
MAY
JUN
JUL
AUG
SEP
OCT
article

ZAMONDAN OSHGAN SHE'RIYAT: ALISHER NAVOIY VA TAZKIRA SAHIFALARIDA ABADIYAT

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Mechanical Behavior of Composites
article

ZAMONDAN OSHGAN SHE'RIYAT: ALISHER NAVOIY VA TAZKIRA SAHIFALARIDA ABADIYAT

article en

Abstract

Maqsud Shayxzodaning “Tazkirachilik tarixidan (Alisher Navoiyning ozarbayjonlik tazkira yozuvchisi shogirdi haqida)” nomli asari Almaz Ulvi Binnatova tarjimasida ozarbayjon tilida chop etilgan [1]. Ushbu tadqiqotda Alisher Navoiyning adabiy dahosi, tazkirachilik an’analaridagi o‘rni, uning ijodining miqyosi va davrida erishgan obro‘sini yoritishga qaratilgan. Navoiy nafaqat lirik, balki epik ijodi bilan ham hali tirikligida mashhurlikka erishgan bo‘lib, bu shuhrat faqat Turkiston bilan cheklanmay, Hijoz, Nishapur, Isfahon kabi shaharlargacha yoyilgan edi. Ushbu asarda tadqiqotchi muallif Maqsud Shayxzoda Abulfaraj Ali ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn Ahmad al-Qurashiy al-Isfahoniy (897–967) tomonidan tuzilgan “Kitab al-Aghoni” (“Qo‘shiqlar majmuasi”), Abu Mansur as-Saolibiy (961–1038)ning “Yatimat ad-dahr” (“Zamonaning durdonasi”), Ahmad ibn Umar ibn Ali Nizomiy Arouziy Samarqandiy (asl ismi: Nizomiy Arouziy Samarqandiy) (1110–1161)ning “Chahor maqola” (“To‘rt suhbat”), Nuriddin Muhammad Awfiy (1171–1233)ning “Lubab al-albab” (“Ko‘ngillarning mag‘zi”), Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-awliyo”, Navoiy zamondoshi Davlatshoh ibn Alauddavla Samarqandiy (1438–1491)ning “Tazkirat ush-shuaro”, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” va “Bahoriston” (asarining yettinchi bo‘limi – “gulshani” – shoirlarga bag‘ishlangan), Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tgach, muallif asosiy maqsadiga o‘tadi. Maqsud Shayxzoda ushbu tadqiqotida Alisher Navoiy tazkira maktabining davomchisi hisoblangan ozarbayjonlik shogirdi – adib Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) asari misolida Sharq klassik tazkira an’anasi haqida so‘z yuritadi. Muallif ta’kidlaydiki, tazkiralar nafaqat adabiy ma’lumotlar to‘plami, balki davr she’riyatini tizimlashtirish va uni kelajak avlodlarga yetkazish nuqtayi nazaridan muhim manbadir. U tazkiralarning tuzilish tamoyillari va bo‘limlarini, ularning yozilish sabablarini hamda ularning tizimli xususiyatlarini sharhlab beradi. Maqsud Shayxzoda Navoiy ta’sirining faqat o‘z davri bilan cheklanmaganini, balki umumturkiy adabiyot taraqqiyotida ulkan bir bosqich bo‘lganini umumlashtiradi. U bu ta’sirning Ozarbayjon adabiyotida Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) misolida qanday namoyon bo‘lganini tahlil qilib, Navoiy maktabining umumturkiy adabiy an’anadagi o‘rnini mustahkamlaydi.

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Openalex Percentile: Top 48%
Mechanical Behavior of Composites
AI Navigator

Ask Laika to Summarize, Analyze, and Connect papers live on the map.

Summarize Papers & Methodologies

Extract key findings, datasets, and comparative methods across publications.

Benchmark Rankings & Visual Analytics

Rank top research institutions, authors, funders, topics, and journals by Field-Weighted Citation Impact (FWCI) and paper volume with instant charts.

Connect Distant Disciplines

Bridge topological clusters on the map to find hidden collaborative intersections.

ZAMONDAN OSHGAN SHE'RIYAT: ALISHER NAVOIY VA TAZKIRA SAHIFALARIDA ABADIYAT · Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research) (2025) | TGRS Research Map | TGRS