TEZKOR FAGOTERAPIYA VA UNING SUPERBAKTERIYALARGA QARSHI POTENSIALI
So‘nggi yillarda insoniyat misli ko‘rilmagan darajadagi antibiotikorezistentlikka, ayniqsa “superbakteriyalar” deb ataladigan - ko‘plab dorilarga chidamli mikroorganizmlar ((MDR (multidrug-resistant), XDR (extensively drug-resistant), PDR (pandrug-resistant)) orasida keng tarqalgan antibiotikorezistentlikka duch kelmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu patogenlarga qarshi kurashishni sog‘liqni saqlashning global ustuvor yo‘nalishlariga kiritgan [1]. Superbakteriyalarga qarshi kurashning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri - bu tezkor fagoterapiya, ya’ni patogenni tezkor aniqlash va 24-48 soat ichida faol bakteriofaglarni tanlash hisoblanadi.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2025-09-28
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.17218945
- Primary Topic
- Geochemistry and Geologic Mapping
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00