HOMILADOR AYOLLARDA QIN MIKROBIOTASIGA INNOVATSION VA ZAMONAVIY YONDASHUV
So‘nggi yillarda tibbiyotdagi zamonaviy va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi homilador ayollarning qin mikrobiotasi holatlarini tashxislash va "inson-mikroorganizm" ekologik tizimidagi o‘zaro munosabatlar nomutanosibligini farmakologik korreksiya qilishning yangi laboratoriya usullarini keng joriy etishga yordam bermoqda (Melkumyan A.R., Priputnevich T.V.-2013/7). V.N.Serov (2002) fikriga ko‘ra, zamonaviy sharoitda barcha homilador ayollar uchun diagnostik tadqiqotlarning keng doirasi, shu jumladan jismoniy, funksional va laboratoriya (gormonal, immunologik, gematologik) usullari zarur hisoblanadi.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2025-09-28
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.17219000
- Primary Topic
- Conflict, Peace, and Violence in Colombia
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00