BEDA BARG FILCHASI (PHYTONOMUS VARIABILIS HBST) ENTOMOFAGLARI TUR-TARKIBI

BEDA BARG FILCHASI (PHYTONOMUS VARIABILIS HBST) ENTOMOFAGLARI TUR-TARKIBI Annotatsiya. Mazkur maqolada beda o‘simligining asosiy zararkunandalari biri bo‘lgan beda barg filchasi (phytonomus variabilis Hbst)ning entomofaglari tur-tarkibi to‘g‘risida izlanish natijalari keltirilgan. Beda o‘simligiga asosan, beda barg filchasining bir-necha turdagi entomofaglari aniqlangan. Kalit so‘zlar: beda, beda barg filchasi (phytonomus variabilis Hbst), zararkunanda, entomofag. Abstract: This article presents the research results on the species composition of entomophages of the alfalfa leaf weevil (Phytonomus variabilis Hbst), one of the main pests of the alfalfa plant. Several types of entomophages of the alfalfa leaf weevil have been identified on the alfalfa plant. Key words:alfalfa, alfalfa leaf weevil (phytonomus variabilis Hbst), pest, entomophagous. Kirish. O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoiti mavsumda ko‘plab qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirshga imkon beradi. Ammo parvarish etilayotgan ekinlarga zararkunanda hashorat va kanalarning yetkazadigan zarari ancha sezilarli bo‘ladi. Ba’zi yillarda zararli organizmlar ta’siridan hosilning 60-80 % nobud bo‘lishiga olib keladi. Zararkunandalarga qarshi kurashda kimyoviy usul jahon tajribasida keng qo‘llanilsada, ammo bunday insekto-akaritsidlarning yetarli tanlab, ta’sir etish xususiyatiga ega emasligi aniqlandi, ya’ni pestitsidlar birinchi navbatda zararkunandalar ommaviy rivojlanishining oldini oladigan tabiiy kushandalari hisoblangan entomofag-hasharotlar, hashoratxo‘r qushlar va boshqalarni qirib yo‘qotadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik zararkunandalar pestitsidlarga barqarorlik hosil qilganligi tufayli agrobiotsenozlar fitosanitariya holati va qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1960 yillarda 200 dan oshiq bo‘g‘imoyoqlilar pestitsidlarga nisbatan chidamli bo‘lib qolgan bo‘lsalar 80-yillari ularning soni 500 dan oshib ketgan (Zaxarenko, 2001). Bularning hammasi o‘simliklarni himoya qilish mutaxassislarida biologik himoyaga nisbatan keskin qiziqish uyg‘otib, bunda aniqlanuvchi omillar tariqasida qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari miqdorini chegaralaydigan yirtqichlar, parazit yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni alohida qayd qilish o‘rinlidir. Respublikamizda biologik himoya usuli ishlab chiqish va uni amaliyotga keng joriy qilish sohasida ma’lum yutuqlarga erishildi. Biolaboratoriya va biofabrikalar soni ham keskin o‘sdi. Adabiyotlarda bulardan tashqari fitonomus entomofaglarining 21 dan ortiq turi keltirilgan. Bizning kuzatishlarimiz mobaynida shulardan xonqizi va oltinko‘z kabi yirtqichlarning miqdori va ahamiyati yuqoriligi aniqlandi. 1-rasm. Fitonomus entomafagi-xon qizi qo‘ng‘izi imagosi Fitonomus entomofaglari, ularni miqdorini saklab qolish va faolligini oshirish to‘g‘risida adabiyotlarda tavsiyalar bir kancha olimlar tomonidan berilgan. Bizning kuzatishlarimizda ham dala atrofida begona, nektarga boy o‘simliklar ko‘p bo‘lganda eptomofaglarning xususan batiplektesning miqdori ko‘pligi kuzatildi. Shuning uchun birinchidan kimyoviy moddalarni qo‘llamaslik va nektarga boy begona o‘tlarni kechroq gerbitsidlar qo‘llamay, o‘roq bilan o‘rib va so‘ligancha dalada qoldirib (bunday qilinganda uchadigan entomofaglar daladan olib ketilishdan qutulishga ulguradi),keyin olib ketilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Entomofaglar miqdorini saqlab qolish uchun bedapoyalar atrofidagi begona o‘tlarni aprelni o‘rtasida o‘rib olish va maydalab ko‘k yemga o‘radigan o‘ruvchi agregatlar oldiga o‘simlikni silkitib entomofaglarni saqlab qolish uchun moslamalar qo‘yilishi tavsiya etilgan. Xulosa. Fitonomus zararkunandalariga qarshi ko‘proq agrotexnik va biologik qarshi kurash usullaridan foydalanish maqsadga mofiq bo‘ladi. Fitonomusga qarshi kurash samaradorligini oshirish va uning zararini tez fursatda cheklash uchun beda agrotsenozida kuz, qish va bahor oylarida mazkur hasharot miqdorini, uni taqib etuvchi foydali hasharot va kasallik ko‘zgatuvchi patogen jonzotlarni hisobga olib, shu asosda zarur kurash tadbirlari va vositalarini qo‘llashni rejlashtirish lozim.

Publication Details

Journal
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Published
2024-12-06
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.14289544
Primary Topic
Orthoptera Research and Taxonomy
Type
article
Field-Weighted Citation Impact
0.00
Controls
|||
ALL TIME
JAN
FEB
MAR
APR
MAY
JUN
JUL
AUG
SEP
OCT
article

BEDA BARG FILCHASI (PHYTONOMUS VARIABILIS HBST) ENTOMOFAGLARI TUR-TARKIBI

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Orthoptera Research and Taxonomy
article

BEDA BARG FILCHASI (PHYTONOMUS VARIABILIS HBST) ENTOMOFAGLARI TUR-TARKIBI

article en

Abstract

Openalex Percentile: Top 49%
Orthoptera Research and Taxonomy
AI Navigator

Ask Laika to Summarize, Analyze, and Connect papers live on the map.

Summarize Papers & Methodologies

Extract key findings, datasets, and comparative methods across publications.

Benchmark Rankings & Visual Analytics

Rank top research institutions, authors, funders, topics, and journals by Field-Weighted Citation Impact (FWCI) and paper volume with instant charts.

Connect Distant Disciplines

Bridge topological clusters on the map to find hidden collaborative intersections.