G'O'ZANING YOVVOYI VA MADANIY TURLARI HAMDA ULAR ISHTIROKIDA OLINGAN DURAGAYLARNING OQQANOTGA (ALEYRODIDAE) CHIDAMLILIGINI BAHOLASH
Mazkur tadqiqotda, G. herbaceum turichi xilma xilliklari (subsp. frutescens), avstraliya yovvoyi turlari (G. nelsonii), hamda ular ishtirokida olingan diploid va amfidiploid duragaylarning sanchib-so‘ruvchi hasharotlarga, xususan, oqqanot (Aleyrodidae) zararkunandasiga chidamliligi, ushbu noyob xususiyatning o‘rta tolali mahalliy nav – “Ravnaq-1” navi ishtirokida olingan murakkab F1 duragaylarda irsiylanishi, dala va laboratoriya sharoitida anatomik tahlillar asosida o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra yovvoyi g‘o‘za turlarini sanchib-so‘ruvchi hasharotlarga chidamlilik xususiyatining madaniy navlar ishtirokida olingan duragaylarda irsiylanganligi ko‘rsatib berilgan.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2025-05-29
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.15545631
- Primary Topic
- Phytoplasmas and Hemiptera pathogens
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00