ANTIAGREGANT DAVOGA TURG'UNLIK RIVOJLANGAN SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI MAVJUD BEMORLARDA KASALLIK KECHISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
So‘nggi yillarda odatiy antitrombotik moddalarga salbiy javob ko`rsatadigan shaxslarda aterotrombozning yuqori xavfini tasdiqlovchi dalillar soni tobora ortib bormoqda. Ushbu guruh bemorlarida yurak-qon tomir hodisalari- miokard infarkt (MI), miya qon aylanishining o`tkir buzilishi, to`satdan o`lim holatlari ko`p kuzatilmoqda (Mason P.J. 2002, Dretzke J., 2015, Serkan K., 2018). HOPE (The Heart Outcomes Prevention Evaluation study Investigators, 2000), PLATO (A Platelet Inhibition and Patient Outcomes, 2010), kombinirlangan ROC tahlil (combined receiver operator curve, 2013) kabi yirik markaziy tadqiqotlarda antiagregant preparatlarning trombotsitar funktsional faolligini yetarlicha ingibirlamasligi o`lim ko`rsatkichi, miokard infarkti va stent trombozlarni yetakchi sabablaridan biri ekanligi aniqlangan.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2025-04-02
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.15124394
- Primary Topic
- Cytomegalovirus and herpesvirus research
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00