QOVUN MEVASINI ISTE'MOLGA YAROQLILIGINI XROMATOGRAFIYA USULI YORDAMIDA ANIQLASH VA QAYTA ISHLASH JARAYONINI TADQIQ QILISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada mualliflar tomonidan qovundan marmelad tayyorlash hamda iste’molga yaroqli bo‘lgan qovunlarni laborotoriya jarayonida tekshirish bo‘yicha amaliy ishlarning tahlili bayon etilgan. Mualliflar ishonadiki to‘plangan ma’lumotlar soha muhlislari va mutahassislari uchun hizmat qiladi. Kalit so‘zlar: qovun tarkibi, plastinka yordamida tekshirish, xromatografiya natijalari, alfa, betta, gamma, DDE, DDT, DDD eritmalari, marmelad tajribalari. Abstract. In this article, the authors describe the analysis of practical work on the preparation of melon marmalade and laboratory testing of edible melons. The authors believe that the collected information will be useful for fans and experts of the field. Key words: melon composition, plate examination, chromatography results, alpha, beta, gamma, DDE, DDT, DDD solutions, marmalade experiments. Kirish. Bugun mamlakatimizda qishloq xo‘jalik sohasini modernizatsiya qilish hamda poliz mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash hamda eksport salohiyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimiz rahbari tomonidan turli farmon hamda qarorlar qabul qilinmoqda buning barchasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari shu o‘rinda poliz mahsulotlariga bo‘lgan talabni kundan-kunga yuqori pog‘onalarga chiqayotganidan dalolat beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son farmoniga muvofiq “Oʻzbekiston -2030” strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur hujjat kelgusi 7-yilda Oʻzbekistonning asosiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat hisoblangan, aynan ushbu strategiyada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha ham umumiy hulosalar haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etgan [1]. Qovun issiqsevar, yorug‘sevar o‘simlik bo‘lib, qurg‘oqchilikka va tuproq sho‘rlanishiga juda chidamli. Urug‘i tuproq harorati 14-15 Co ga yetganda una boshlaydi (13 dan past haroratda urug‘i chiriydi). Ekilgandan keyin 5-7 kunda maysa unib chiqadi. O‘suv davrida qator oralari 2-3 marta yumshatiladi. Tuproq sharoitiga qarab 5-6 marta sug‘oriladi. Har sug‘orishdan keyin ariq qirovi bosiladi. Hosildorligi 250-300 sentner/gektar hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qovunning 56 navi yetishtiriladi. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qovun mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldaviya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Tojikiston,Ukraina, Chexiya, Shveysariya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda [2]. Ushbu qovun mahsulotlarini yetishtirib xalq iste’moli uchun yo‘naltirar ekanmiz. Avvalo uning inson iste’moli uchun yaroqli yoki yaroqsiz holatini tajribaviy ishlarimiz orqali amaliyotda ko‘rib xulosalarimizni berishni taqdim etdik.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2024-12-06
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.14289042
- Primary Topic
- Advances in Cucurbitaceae Research
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00