AVTOPSIXOLOGIK LIRIKADA POETIK FORMA VA USLUBNING O'ZGARISHI: EMILY DICKINSON IJODI MISOLIDA
Ushbu maqolada avtopsixologik lirikaning poetika va uslubiy o‘zgarishlari Emily Dickinson ijodi misolida tahlil qilingan. Muallif avtopsixologik lirikaning jahon adabiyotidagi rivoji va uning turli adabiy oqimlar, xususan, romantizm, simvolizm, modernizm hamda ekzistensializm bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Emily Dickinsonning qisqa, ixcham shakldagi, o‘ziga xos punktuatsiya va metaforalarga boy she’rlari ichki ruhiy kechinmalar, yolg‘izlik, o‘lim va vaqt kabi mavzularni chuqur ifodalashi bilan ajralib turadi. Maqolada shuningdek, Dickinsonning "Because I could not stop for Death" va "I felt a Funeral, in my Brain" kabi she’rlari asosida avtopsixologik lirikaning mohiyati va uning badiiy uslubi batafsil yoritilgan. Tadqiqotda shoiraning ruhiy izlanishlari va o‘zlikni anglash jarayoni orqali adabiyotdagi avtopsixologik lirikaning yangi yo‘nalishlari ochib berilgan.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2025-07-12
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.15870349
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00