Zulfiya she'riyatida vafodor ayol timsoli
Ushbu maqolada o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim she’riyatiga murojaat etilib, uning ijodida ayol – mehribonona va vafodor ayol timsoli sifatida o‘rganiladi. Shuningdek, adibaning poetik timsol yaratish san’ati she’rlardagi tahlilorqali yoritiladi. Zulfiyaxonim Isroilova ijodining o‘rganilishi shuni ko‘rsatadiki, bunday ijod mahsulining ruhiyati va ohangida,uning ma’no-mazmuni va yo‘nalishida, unda ifodalanayotgan g‘oya va ideallarida sodda bir o‘zbek ayolining munglihamda jo‘shqin nolasi mujassamlashgan. Shu ma’noda, Zulfiya ijodining haroratini ta’minlagan omil ham undagi faolinsonparvarlik, poetik timsol va jozibali tuyg‘ular olamidir. Maqolada shoira she’riyatining aynan shu jihatlari o‘z ifodasinitopgan.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2025-05-14
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.15500742
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00