"OMMAVIY MADANIYAT" TA'SIRIDAN HIMOYALANISHDA INNOVATSION USULLARIDA FOYDALANISH.
Madaniyat inson faoliyatining ichki mazmunini tashkil etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda inson faoliyatining asosiy ma’no-mazmuni o‘zining erkin ijodkor shaxs sifatida ro‘yobga chiqarish, zarrama-zarra to‘plab insoniylik dunyosini yaratish va shu asosda olamni xam insoniylashtirishdan iborat. Shunday ekan, iste’molchilik kayfiyatining o‘zagini tashkil etgan “ommaviy madaniyat” haqiqiy madaniyatning mohiyatiga zid va yotdir. U insonni ma’nan majruh etadigan, uning ma’naviy dunyosini buzadigan, oxir-oqibat jon saqlashdan o‘zga maqsadi bo‘lmagan bir maxluq darajasiga tushurib qo‘yadigan, xalqni esa olomonga aylantiradigan hodisadir. Shuning uchun ham bunday madaniyatni “olomon madaniyati” deyiladi.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2025-06-15
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.15670518
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00