BOBURNOMADA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR TALQINI
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umar ibn Abu Said ibn Mironshoh ibn Temur otasi singari ulug’ himmatli va oliy maqsadli bo’lganligidan Farg’ona viloyatini kichik joy deb hisoblab Samarqandga intiladi , u yerda Shayboniyxondan yengilib Kobulga keldi va yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Hindistonning buyuk donishmand farzandi Javoharla`l Neru o’zining “Hindistonning ochilishi” va”Jahon tarixiga bir nazar” asarlarida Z.M.Bobur haqida ushbu fikrni izhor etgan: “Bobur dilbar shaxs .Uyg’onish davri hukumdorining haqiqiy namunasidir.U mard va tadbirkor odam bo’lgan”.Bugun Hindistonning Panipat shahriga brogan kishi Zahiriddin Muhammad Boburning Sulton Ibrohim Lo’diy bilan tarixiy muzaffarona jang manzaralarini shaharning ochiq osmon ostidagi muzeyda ko’rarkan ,ulug’ hind xalqining Boburga nisbatan hurmat ehtiromi kuchliligiga amin bo’lgan.Qamchinbek Kencha “Andijondan Dakkagacha “nomli safarnomasida hayajonini yashira olmay yozadi:”Hindiston va Pokiston shaharlarida ,jumladan Haydaraboddagi mashhur Solarjang,Lohurdagi milliy muzeyda bo’lgan edik.Lekin Sharq olamining olis bir chetida faqat va faqat boburiylar va ularning podsholik faoliyatiga oid yagona muzeyni ko’ramiz deb sira o’ylamagan edik”.
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2025-02-19
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.14894933
- Primary Topic
- Education, Innovation and Language Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00